Jamiyat
O‘zbekistonda 2023-yil yanvar-noyabr oylarida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2080 kishi vafot etgan. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida o‘tkazilgan majlisda aytib o‘tilgan.
Ma’lum qilinishicha, 2023-yilning 11 oyida O‘zbekiston ko‘chalarida 8693 ta YTH sodir etilgan. Ularda 2 080 nafar inson halok bo‘lgan va 8 055 kishi turli darajada jarohatlangan.
“Ushbu yo‘l-transport hodisalarining yuz berishiga asosan fuqarolar tomonidan qonunchilikda belgilangan javobgarlikni mensimasligi va amaldagi yo‘l harakati qoidalarini bilmasligi sabab bo‘lmoqda”, — deyiladi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi xabarida.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q