Jamiyat
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida Nafas Shodmonov dramasi asosida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan “Abu Muin Nasafiy” spektakli premyerasi boʻlib oʻtdi.
Qayd etish joiz, “Tabsirat-ul adilla”, “At-tamhiyd li qavoid at-tavhiyd”, “Qasiydul qavoid fi ilmil aqoid”, “Al-Ifsod li hadʼ al-ilhod”, “Manohij al-aimmati fil furuʼ”, “Bahrul kalom” singari chuqur ilmiy tahlilga asoslangan, moturidiya taʼlimotining mohiyati ochib berilgan oʻnlab asarlari bilan musulmon dunyosida shuhrat qozongan zot – Abu Muin Nasafiy atoqli islom olimidir.
Musulmon olamida “Haqiqat qilichi” nomi bilan tanilgan buyuk vatandoshimiz ibohiya, xorijiya, moʻtaziliya, qadariya, jabariya kabi botil firqalarga asosli raddiyalar bergan va din sofligini saqlashga katta hissa qoʻshgan.
Spektaklda Abu Muin Nasafiy siymosini taniqli kino va teatr aktyori Gʻayrat Husayinov gavdalantirgan. Shuningdek, spektaklda allomaning rafiqasi Oybaland, moʻtazila oqimi yetakchilaridan biri Jovid, rofiziya firqasiga mansub katta mulkdor xotin Ozar obrazlari ham qatnashgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q