Jamiyat
O‘zbekiston Din ishlar bo‘yicha qo‘mitasi ️Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan mamlakatga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxatini e’lon qildi.
Diniy qo‘mita yuqoridagi sahifa va kanal materiallarini tarqatish va ularga “Yoqdi” (Like) tugmasini bosmaslikka chaqirgan.
Qo‘mita avvalgi ro‘yxatni 2023-yil may oyida e’lon qilgandi. Yangi ro‘yxatda sahifa va saytlar soni sezilarli oshgan. Avvalgi ro‘yxatda nashida va kitoblar kiritilgan edi, yangisida esa ular yo‘q
.
Shu bilan birga, diniy mazmundagi quyidagi g‘oyalar aks etgan materiallar tegishli qonun hujjatlariga ko‘ra O‘zbekiston hududida tayyorlash va tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeiga qarab yoki boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoxud o‘zga shaxslar mahsulotlarini obro‘sizlantirish;
O‘zbekistonning mavjud konstitutsiyaviy tuzumi, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish;
urush, zo‘ravonlik, terrorizm, shuningdek diniy ekstremizm va separatizm g‘oyalarini targ‘ib etish;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotni tarqatish;
diniy e’tiqodni o‘zgartirishga da’vat qilish;
dindorlarning diniy tuyg‘ularini haqorat qilish yoki kamsitish;
fuqarolarni o‘z konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirish;
davlat, jamoat yoki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Бердиёр
20:01 / 11.01.2024
Аввалгисида нашида ва китоблар киритилган ,янгисида йук дебсиз , бу Нима Билан изохланади ?нашида ва китоблар мумкин деганими? Илтимос тушунтириш берсангиз . Яна Янги руйхатда келтирилган сайтлар,китоблар, ва хоказоларни таркатмаса ,таргиб ва ташвикот килмаса ,лекин шахс уз телефонидан тасодифан курса ё эшитса , буни хукми кандай булади ? Жавоб учун олдиндан Рахмат .