“Bir o‘lkaki, tuprog‘ida oltin gullaydi”. Oybek tavalludining 119 yilligi munosabati bilan adabiy tadbir o‘tkazildi

Saqlash
21:50 / 10.01.2024 1751 0

10-yanvar kuni respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida XX asr oʻzbek adabiyotining rivojiga ulkan va bebaho hissa qoʻshgan ulugʻ adib, shoir, olim, jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek tavalludining 119 yilligi munosabati bilan “Bir o‘lkaki, tuprog‘ida oltin gullaydi” mavzusida adabiy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

 

 

Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan Madaniyat xodimi, shoira Muhtarama Ulugʻova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Dilshod Rajab va professor-oʻqituvchilar hamda boshqalar soʻzga chiqdi.

 

 

Tadbirda shuningdek, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti talabalari tomonidan Navoiy romanidagi “Guli” monologidan sahna koʻrinishi namoyish qilinib, Pokiza Suyunova “Uzoqdan turib”, Ibrohim Rixsiboyev –“Kuzda”, Zohir Xasanov “Xastamen” sheʼrlarini oʻqib eshittirdi.

 

 

Xotira kechasi soʻngida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga kitoblar sovgʻa qilindi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//