Jamiyat
“Dok-1 Maks” sudida rasmiylar, xususan, davlat ayblovchisi O‘zbekistonda mazkur siropdan vafot etgan bolalar soni 68 nafar ekanini ma’lum qilib, dastlabki, Oliy sud tomonidan e’lon qilingan raqamlar o‘zgarganini tasdiqladi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar berdi.
Sudning 10-yanvar kuni davom etayotgan navbatdagi majlisida 23 nafar sudlanuvchilarning shaxsiga aniqlik kiritilib, ularning huquq va majburiyatlari haqida tushuntirilgan.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha davom etayotgan sudning bundan avvalgi majlisida mavjud jinoyat ishiga yangi jinoyat ishi qo‘shilib, bitta ish yurituviga biriktirilgani, holat yuzasidan 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar berilgandi.
Sud majlisida ayblovni o‘qib eshittirgan prokurorning so‘zlariga ko‘ra, siropdan vafot etgan bolalar soni 68 nafarga yetib, dastlab Oliy sud tomonidan e’lon qilingan raqamlar o‘zgargan.
Sirop bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sud majlislarining birida Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Mamatqul Azizov siropdan vafot etganlar 66 nafar ekanini, vafot etgan bolalar ro‘yxatidan tushib qolgan yana bir marhum bola borligini ochiqlagandi.
Tergov e’lon qilgan qo‘shimcha jinoyat ishida yozilishicha, “Dok-1 Maks” siropidan yana 16 nafar bola og‘ir, 2 nafari esa yengil tan jarohati olgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q