Toshkent sirki binosi rekonstruksiya qilinadi

Saqlash
19:31 / 10.01.2024 1108 0

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-yanvar kuni Toshkent davlat sirki binosini ta’mirlash rejalari bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

 

Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida sirk faoliyatini takomillashtirish masalasini ko‘targan edi.

 

Taqdimot davomida sirk binosini rekonstruksiya qilish, shuningdek, ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida 300 o‘rinli o‘quv binosini qurish rejalari muhokama qilingan.

 

“O‘zbekiston 24” telekanali namoyish qilgan taqdimotga ko‘ra, sirk yonida o‘quv binosini joylashtirish uchun ikkita joy ko‘rib chiqilmoqda.

 

Ushbu obyektning maydoni 2650 kvadrat metrni tashkil qiladi, yotoqxona sig‘imi 100 kishiga mo‘ljallangan. Loyiha qiymati 15 milliard so‘mga baholanmoqda.

 

2019−2020-yillarda ham Toshkent sirkida kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgandi. Rekonstruksiya budjeti 46,63 milliard so‘mga baholangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//