Jamiyat
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olgan MCHJ aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda Beruniy tumanida faoliyat yurituvchi “S.M.” MCHJ masʼul shaxslari ajratilgan yer maydonidan tashqarida bo‘lgan davlat zaxirasidagi muhofaza qilinadigan yer maydonidan 47,2 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy ravishda qazib olgani ma’lum bo‘lgan. Natijada ular davlat va jamiyat manfaatlariga 946,1 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q