Siyosat
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Ukraina elchisi Mikola Doroshenko, Belarus elchisi Leonid Marinich va Turkmaniston elchisi Shodurdi Meredov bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi siyosat va diplomatiya, savdo va investitsiya, transport va logistika, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlik hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Parlamentlararo va mintaqalararo aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Joriy yilda turli darajalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashilgan.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q