Siyosat
Qamchiq dovonida yuk avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXX axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 9-yanvar kuni soat 20:30 larda Namangan viloyatining Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 225-kilometrida vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Shacman rusumli yuk avtomobili haydovchisi 36 yoshli N. tezlikni oshirgani sababli rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib ag‘darilgan. YTH natijasida transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida haydovchi N. va yuk mashinasi yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q