Jamiyat
2023-yilning 28-dekar kuni Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov Turkiya ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi sifatida olib ketildi, deya xabar qildi uning o‘zi asos solgan Azon Global axborot tahliliy portali.
“Dastlab qandaydir anglashilmovchilik bo‘lgani, shu bois ommani behuda tashvishga solish kerak emasligi kabi mulohazalar bilan bu haqda keng ommaga xabar berilmadi. Undan keyin, ustoz Mubashshir Ahmadga qo‘yilayotgan ayblovlar umuman asossiz ekani, bu hol dastlabki surishtiruvdayoq aniqlanishiga va ustozning qo‘yib yuborilishiga qat’iy ishonch bor edi. Ammo, afsuski, vaziyat unday bo‘lib chiqmadi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Turkiya qonunlari bo‘yicha gumonlanuvchini 3 kundan ortiq tutib turish mumkin emas, shu muddat ichida qo‘yilayotgan ayb isbotlansa, ish Adliya idoralariga o‘tkazilishi, isbotlanmasa, chiqarib yuborilishi lozim. Ba’zida chet ellik shaxslarni qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga o‘tkazishadi va u yerdan o‘z vataniga jo‘natishadi yoki ozod qilishadi.
Portal Alisher Tursunovga ayni qanday ayblov qo‘yilganiga aniqlik kiritmagan.
“Dastlabki surishtiruvlarda, tabiiyki, ustoz Mubashshir Ahmadga qo‘yilayotgan ayblov o‘z isbotini topmadi. Qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga o‘tkazilgan domlani oradan shuncha kun o‘tib ham tutib turishgani tushunarsiz bo‘lib qolmoqda. Albatta, bu hodisa sodir bo‘lgan kunidanoq advokatlar harakatlarini boshlagan va boshqa barcha kerakli chora tadbirlar ko‘rilmoqda”, — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q