Jamiyat
Tarmoqlarda madaniyat boshqarmasi xodimi unga Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan sovg‘alar 2 ming so‘mdan oshmaydigan, arzon va sifatsiz mahsulotlar ekanini aytgan video tarqalgandi.
Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati ushbu videoga munosabat bildirdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi Yangi yil bayrami munosabati bilan xodimlariga 2 ming so‘mlik sovg‘alar bergani haqida so‘z boradi. Ushbu holat jamoatchilik o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ayni paytda holat yuzasidan masʼullar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishini maʼlum qilamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
2 Izohlar
Нодир
18:01 / 09.01.2024
Халқ таълими тизими байрам ўтиб бўлганидан сўнг ойлик маошларини ташлаб бердику, тағин уялмасдан 6-7 январ кунлари ўқитувчиларни ойликлари секин асталик билан тушиб бошлади деб тармоқларда бонг уришди. Шарманда вазирликлар. Эссиз давлат раҳбари шунча қайғуриб турган бир пайтда баъзилар аравани ортга қараб суришмоқда.Совға масаласидахам кўрамиз бечора қайсидир камерага олган одам айбдор бўлиб чиқмаса охирида.
Мирзаев
17:01 / 09.01.2024
Agar shunday sovg'a tashkillashtirilgan bo'lsa, bo‘lgani-bo‘lgan ekan. E‘tirozchi fikrini aniq, tiniq va o'rinli bildiribti. Haqiqatan ham, uyga olib borishga arzimaydi.