10-yanvar kuni uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

Saqlash
15:13 / 09.01.2024 1123 0

“O‘zgidromet” 10-yanvar, chorshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//