Dunyoning eng kuchli pasportlar reytingi e’lon qilindi

Saqlash
09:01 / 09.01.2024 998 0

VisaGuide Passport Index dunyo pasportlari indeksida 2024-yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston 128-o‘rinni egalladi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston pasporti mamlakat fuqarolariga 31 davlatga vizasiz sayohat qilish imkonini beradi. 19 davlat o‘zbekistonliklarga elektron viza va yana 32 davlat kelganida viza beradi. O‘zbekiston pasporti egalari 144 davlatga sayohat qilishdan oldin viza olishi lozim.

 

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston pasporti eng yaxshi ko‘rsatkichga ega — 110-o‘rin. Qirg‘iziston pasporti 132-o‘rin, Tojikiston pasporti 140-o‘rin va Turkmaniston pasporti 167-o‘rinda qayd etilgan.

 

2023-yilgi reytingning mutlaq yetakchisi Ispaniya pasporti bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda Germaniya pasporti. Kuchli beshlikni Singapur, Italiya va Fransiya pasportlari yakunlagan.

 

Reytingdagi so‘nggi o‘rinlarni Iroq, Pokiston, Suriya, Afg‘oniston, Somali kabi davlatlarning pasporti band qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish