Jamiyat
O‘zbekistonda AI-95 markali benzin narxi Turkmanistonga nisbatan 2,5 barobarga, Qozog‘istonga nisbatan 2,1 barobarga qimmatroq. 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha eng arzon benzin Eronda (1 litr uchun 354 so‘m), eng qimmati esa Hongkongda (38 371 so‘m) qayd etilgan.
2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, yuqori sifatli (AI-95) 1 litr benzinning global miqyosdagi o‘rtacha narxi 16 028 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Globalpetrolprices saytida ma’lumotlar keltirilgan.
Dunyo bo‘yicha eng arzon benzin Eron (taxminan 354 so‘m), Liviya (388 so‘m) va Venesuelada (433 so‘m) qayd etilgan.
Eng qimmat narxlar esa Xitoyning maxsus ma’muriy hududi Honkong (38 371 so‘m), shuningdek, Monako (29 110 so‘m) va Islandiyada (28 764 so‘m) kuzatilgan.
Manbaga ko‘ra, MDH davlatlarida yuqori sifatli benzin narxlari quyidagicha:
Turkmaniston – 5397 so‘m;
Qozog‘iston – 6605 so‘m;
Ozarboyjon – 7278 so‘m;
Rossiya – 7631 so‘m;
Belarus– 8819 so‘m;
Qirg‘iziston – 9916 so‘m;
O‘zbekiston – 13 838 so‘m;
Moldova – 16 401 so‘m.
Narxlar solishtirilganda ko‘rish mumkinki, O‘zbekistonda benzin narxi Turkmanistonga nisbatan 2,5 baravarga, Qozog‘istonga nisbatan esa 2,1 barobarga qimmatroq. Tojikistondagi narxlar bo‘yicha ma’lumotlar berilmagan.
Shuningdek, 1 litr AI-95 benzin narxi AQShda – 11 267 so‘mni, Afg‘onistonda – 13 104 so‘mni, Xitoyda – 14 174 so‘mni, Turkiyada – 14 459 ming so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekiston rasmiy statistikasiga ko‘ra, mamlakatda 2023-yili benzin 19 foizga qimmatlashgan. Propan narxi 29 foizga, metan narxi 22 foizga oshgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Safarali Qurbonov
23:01 / 08.01.2024
Биз билгандик, Биз кутгандик... Катта шоиримиз айтмоқчи: Нима бизга Америка! Яқинда бутун дунёни ортда қолдирамиз...