“Oltin globus — 2024” g‘oliblari e’lon qilindi

Saqlash
15:01 / 08.01.2024 1147 0

Hollivud xorijiy matbuot assotsiatsiyasi 81-“Oltin globus” mukofoti g‘oliblarini e’lon qildi. Marosim 8-yanvarga o‘tar kechasi Beverli-Hillzda bo‘lib o‘tdi.

 

“Eng yaxshi dramatik film” nominatsiyasida mukofotni “Oppenheymer” filmi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, film rejissyori Kristofer Nolan “eng yaxshi rejissyor”, Killian Myorfi dramatik filmidagi “eng yaxshi aktyor”, Robert Dauni esa “eng yaxshi ikkinchi darajali rol” mukofotiga loyiq ko‘rildi.

 

Kino sohasidagi g‘oliblar:

 

Eng yaxshi dramatik film: “Oppenheymer”

 

Drama yo‘nalishida eng yaxshi aktrisa – Lili Gladstoun (“Oy gulining qotillari”);

 

Dramatik filmidagi eng yaxshi aktyor: Sillian Myorfi (“Oppenheymer”);

 

Eng yaxshi musiqiy yoki komedik film – “Bechoralar-baxtsizlar”;

 

Musiqiy yoki komedik janrdagi eng yaxshi aktrisa – Emma Stoun (“Bechoralar-baxtsizlar”);

 

Musiqiy yoki komediya janridagi eng yaxshi aktyor: Pol Jamatti (“Tashlandiqlar”);

 

Eng yaxshi animatsion film – “Bola va qush”;

 

Xorijiy tildagi eng yaxshi film: “Qulash anatomiyasi” (Fransiya);

 

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Davan Joy Rendolf (“Tashlandiqlar”);

 

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor – Robert Dauni (“Oppenheymer”);

 

Eng yaxshi rejissyor: Kristofer Nolan (“Oppenheymer”);

 

Eng yaxshi ssenariy: Qulash anatomiyasi;

 

Eng yaxshi original saundtrek: “Oppenheymer”

 

Eng yaxshi original qo‘shiq: “What Was I Made For” (Men nima uchun yaratilganman) Billi Eilish (“Barbi” filmi);

 

Eng yaxshi kinematografiya va sotilish yutug‘i — “Barbi”

 

Serillar bo‘yicha lauretlar:

 

Eng yaxshi dramatik serial – “Merosxo‘rlar”;

 

Drama yo‘nalishidagi serialidagi eng yaxshi aktrisa: Sara Snuk (“Merosxo‘rlar”);

 

Drama yo‘nalishidagi serialidagi eng yaxshi aktyor: Kiran Kalkin (“Merosxo‘rlar”);

 

Eng yaxshi teleserial – musiqiy yoki komediya yo‘nalishida – “Ayiq”;

 

Musiqiy yoki komediya janridagi teleserialdagi eng yaxshi aktrisa –– Ayo Edebiri (“Ayiq”);

 

Musiqiy yoki komediya janridagi teleserialdagi eng yaxshi aktyor – Jeremi Allen Uayt (“Ayiq”);

 

Eng yaxshi telefilm, antologiya yoki mini-serial – “Kichik janjal”;

 

Telefilm, antologiya yoki miniserialdagi eng yaxshi aktrisa: Ali Vong (“Kichik janjal”);

 

Telefilm, antologiya yoki miniserialdagi eng yaxshi aktyor: Stiven Yun (“Kichik janjal”);

 

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Elizabet Debicki (“Toj”);

 

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor – Metyu Makfadyen (“Merosxo‘rlar”);

 

Televideniyedagi eng yaxshi stend-up komediya spektakli: Riki Gerveys.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish