Jamiyat
Toshkent shahrida yashovchi 20 yoshli qiz uyining vannasida cho‘milish vaqtida issiq suv bo‘lgan isitish bakining yorilishi oqibatida kuyish jarohatini oldi va shifoxonada vafot etdi, deya xabar berdi “Milliy” telekanalining “Millar” dasturi.
Voqea dekabr oyi oxirida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining opasi tez yordam chaqirgan. Qiz o‘ta og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning urinishlariga qaramay, jabrlanuvchi vafot etgan.
Reanimatolog Bobur Xudoyberdiyev telekanalga bergan intervyusida ko‘plab bemorlar shifoxonaga issiq suvdan, alangadan kuyib, elektr tokidan jarohat olib yotqizilayotganini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, ko‘p foizli kuyish jarohati bilan keltirilgan bemorlarni qutqarish imkoniyati past bo‘ladi.
Shifokor kundalik hayotda ishlatiladigan asboblarning holati va xizmat ko‘rsatish qobiliyatini muntazam ravishda kuzatib borishga chaqirgan.
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111059
Jamiyat
94515
Jamiyat
90458
Jamiyat
74532
Jamiyat
//
Izoh yo‘q