Namangandagi tungi klubda yuz bergan janjal oqibatida 27 yoshli yigit vafot etdi

Saqlash
14:41 / 08.01.2024 1329 0

Namangan viloyatidagi tungi klublarda birida ikki yigitning janjali o‘lim bilan yakun topgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

 

Hodisa 2024-yil 7-yanvar kuni soat 5:00 lar atrofida Uychi tumanidagi Mustaqillik istirohat bog‘i ichida joylashgan tungi klubda sodir bo‘lgan.

 

Uychi tumani, “Qo‘rg‘oncha” MFY hududida joylashgan “Night Korol” nomli tungi klubda, 2002-yilda tug‘ilgan S.M., tanishi 1996-yilda tug‘ilgan M.A. bilan janjallashib qolgan va qo‘li bilan uning yuz sohasiga zarba bergan.

 

M.A. yiqilgach oyog‘i bilan ikki marotab uning bosh qismiga tepib, og‘ir tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.

 

27 yoshli M.A. fuqaro S.A., tomonidan tuman markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Tez-tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, u shifoxonada vafot etgan.

 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Uychi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro S.M.ga nisbatan jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//