Siyosat
Eron milliy axborot agentligi “IRNA” “Oʻzbekiston Prezidenti Eron hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi” sarlavhali maqolani chop etdi, deya xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.
Maqolada qayd etilishicha, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kermon shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyga hamdardlik bildirgan.
“Eronning Kermon shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakatlari oqibatida koʻplab insonlarning nobud boʻlgani va ogʻir jarohat olgani haqidagi xabar qalblarimizni qattiq iztirobga soldi. Ushbu ogʻir va musibatli damlarda siz, janobi oliylariga hamda bizga doʻst va birodar boʻlgan Eron xalqiga, oʻzimning chuqur taʼziyamni izhor etaman. Qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va barcha yaqinlariga samimiy hamdardlik tuygʻularimizni yetkazib qoʻyishingizni soʻraymiz va jarohat olgan fuqarolarning tez fursatlarda sogʻayib ketishlariga tilakdoshmiz”, deya O‘zbekiston rahbari soʻzlaridan iqtibos keltirgan “IRNA” nashri.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q