Jamiyat
Oʻzbekistonda endi qattiq maishiy chiqindilar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan qarzi bor shaxs, elektr energiyasi uchun pul toʻlolmaydi. Bu Oʻzbekiston prezidentining 2024-yil 4-yanvarda imzolangan “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi [PF-5-sonli] farmonida belgilangan.
Unga koʻra, chiqindi xizmatlari uchun oylik toʻlovlardan qarzdorligi boʻlgan abonentlar SMS orqali xabardor qilib boriladi.
Shuningdek, qarzdorlik vujudga kelganligi toʻgʻrisida oldindan elektron toʻlov tizimlari orqali ogohlantirilgandan keĭin tŭlovlar amalga oshirilmagan taqdirda abonentlar chiqindi xizmatlari bŭĭicha qarzdorlikni bartaraf etmaganiga qadar ularning elektr energiyasi uchun tŭlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyëtini joriy etiladi (elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanmagan hududlar bundan mustasno). Bunda:
1-bosqichda 2024-yilning 1-iyunidan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida chiqindi xizmatlari boʻyicha 6 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;
2-bosqichda 2024-yilning 1-noyabridan respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari boʻyicha 3 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;
3-bosqichda 2025-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari boʻyicha 1 oylik qarzdorlik uchun elektr energiyasiga toʻlovni amalga oshirishda cheklovlar oʻrnatiladi.
“Oddiy aytganda, axlat uchun pul toʻlamagan qorongʻida oʻtiradi”, — deya tushuntirdi Energetika vazirligi matbuot kotibi.
Ushbu cheklovlar 2023-yil 31-dekabrgacha toʻplangan qarzlarga taʼsir qilmaydi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Akbarjon
13:01 / 08.01.2024
Qanaqa jinnilik, boshqa yulini topinglar