Ijtimoiy himoya jamg‘armasi mablag‘lari nimalarga yo‘naltirilishi belgilandi

Saqlash
20:36 / 06.01.2024 1680 0

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Jamg‘arma mablag‘larini sarflashning asosiy yo‘nalishlari:

 

«Muruvvat» va «Saxovat» internat-uylarida, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;

 

aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash;

 

nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishni ta’minlash;

 

nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘quv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan ta’minlash;

 

yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash;

 

bolalar uylari va «Mehribonlik» uylari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish;

 

voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam xizmatlarini moliyalashtirish va boshqalar.

 

Hujjatda, shuningdek Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida «Axborot texnologiyalari markazi» davlat muassasasini tashkil etish nazarda tutilgan. Markazda quyidagi vazifalar yuklatilgan:

 

axborot dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish;

 

serverlar, kompyuter uskunalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish;

 

Agentlik tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

 

«Call-markaz» faoliyatini tashkil etish.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//