Iqtisod
O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy dunyoda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi. Bu haqda World Gold Council kompaniyasi ma’lum qilgan.
Jahon bo‘yicha markaziy banklar noyabr oyida 44 tonna sof hajmda oltin sotib olgan. Xaridlarning umumiy hajmi 60 tonna bo‘lib, oktyabr oyiga nisbatan 4 foizga kamaygan. Biroq bu o‘tgan yildagi o‘rtacha oylik ko‘rsatkich — 36 tonnaga nisbatan sezilarli darajada yuqori.
Noyabr oyida mazkur qimmatbaho metallning asosiy xaridori Turkiya bo‘lgan. Mamlakat 25 tonna xaridni amalga oshirgan. Ikkinchi o‘rinni 19 tonna xarid bilan Polsha egallagan. Beshlikka Xitoy (12 tonna), Chexiya (3 tonna) va Qirg‘iziston (1 tonna) kirgan.
O‘zbekiston noyabr oyida 11 tonna oltin sotgan, bu esa keyingi o‘rinda turgan Qozog‘istondan (3 tonna) deyarli to‘rt barobar ko‘p.
2023-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston qimmatbaho metallarni sotish bo‘yicha Qozog‘istondan biroz ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egallagan. Xitoy sof xaridlar bo‘yicha yetakchi bo‘lgan, undan keyingi o‘rinlarni Polsha va Singapur qayd etgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q