Jamiyat
Poytaxtda pilot loyiha doirasida vodorod gazida harakatlanuvchi avtobuslarni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi bilan pilot loyiha doirasida Toshkent shahriga ikkita vodorod avtobusi (vodorobus) keltiriladi. Bu haqda Gazeta.uz nashri ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev 2023-yil noyabr oyi oxirida Toshkent viloyatida «yashil vodorod»ni «pilot» tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni boshlab bergandi.
Ushbu «pilot» loyiha doirasida mamlakatda birinchi bosqichda 3 ming tonna vodorod ishlab chiqariladi va keyinchalik mineral o‘g‘itlarga qayta ishlanadi, shuningdek, 52 megavattlik shamol elektr stansiyasi quriladi.
2022-yil iyun oyida O‘zbekiston ammiak va vodorodli yonilg‘i elementlaridan foydalangan holda vodorod gazida harakatlanuvchi transport vositasining tajriba namunasini ishlab chiqishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95093
Jamiyat
91314
Jamiyat
76011
Jamiyat
//
Izoh yo‘q