Jamiyat
“Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida fuqarolarni Amerika Qo‘shma Shtatlarga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarni aniqladi”, deya xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi Samarqand shahrida yashovchi fuqaroga AQSh elchixonasidagi tanishlari orqali viza rasmiylashtirib, Qo‘shma Shtatlarga yuborishini aytgan. Evaziga undan 14 ming dollar talab qilgan. Xodim tezkor tadbirda oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Shuningdek, hozirda AQShda yashovchi, muqaddam sudlangan 24 yoshli shaxs Samarqanddagi qarindoshi bilan boshqa bir fuqaroni Meksika orqali Qo‘shma Shtatlarga ishga yuborishini aytgan. Evaziga esa undan 16 ming dollar talab qilgan.
Biroq uning qarindoshi puldan 10 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan. AQShda yashayotgan shaxs muqaddam 4 nafar fuqaroni Amerikaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan 41 600 dollar olgani va pulni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.
Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyatida yashovchi 24 yoshli shaxs Forish tumanida yashovchi fuqaroga uni Turkiya-Yevropa-Nikaragua-Meksika orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishni va’da qilib, evaziga talab qilingan 17 ming dollardan 10 mingini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Shuningdek, hozirda AQShning Ohayo shtatida yashovchi 32 yoshli fuqaro va uning Yangiyer shahrida yashovchi tanishi xovoslik fuqaroni Meksika orqali Amerikaga yuborish, shuningdek, buning uchun zarur bo‘ladigan viza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 8200 dollar talab qilgan va 8100 AQSH dollari hamda 1 mln 240 ming so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q