Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida blogerning piyodalar o‘tish yo‘lagi va ajratuvchi bo‘lakka stol qo‘ygancha ovqatlanayotgani aks etgan video tarqaldi.
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirib, bloger jarimaga tortilganini ma’lum qildi.
Unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik; bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima jazosi) va 138-moddasi (Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi; BHMning uchdan bir qismi) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va tushuntirish ishlari olib borilgan.
“Endi bunday holat boshqa qaytarilmaydi. Xatomni tushunib yetdim. Boshqalarga ham tavsiya qilmayman. Yoshlar, men qilgan ishni qaytarmanglar”, — degan bloger.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q