Jamiyat
O‘zbekistonda kamida 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgani aytilayotgan “Dok-1 Maks” siropidan yana 16 nafar bola og‘ir, 2 nafari yengil tan jarohati olgani, 3 nafar bola esa zaharlanish oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan sud raisi Muso Murodov “Daryo” nashriga ma’lum qildi.
“Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan sud bir oylik tanaffusdan so‘ng, 2024-yilning 5-yanvar kunidan o‘z ishini davom ettirdi.
Sud avvalida sudlov hay’ati tomonidan mazkur sirop iste’mol qilishi oqibatida 16 nafar bola hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir, 2 nafar bola hayot uchun xavfli bo‘lmagan yengil tan jarohati olgani, zaharlanish sabab 3 nafar bola vafot etgani ma’lum qilinib, holat yuzasidan yana 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani bildirildi.
“Sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan avvalgi jinoyat ishiga yangi jinoyat ishi qo‘shilib, bitta ish yurituviga biriktirildi. Endi ikkita jinoyat ishi bitta ish yurituvga biriktirilgan holda bitta ish sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu sabab sud jarayoni kelasi chorshanba, 10-yanvarga qadar tanaffus e’lon qildi”, — deydi sudlanuvchilardan birini himoya qilayotgan advokat Davron Ahmadov.
Ta’kidlanishicha, mazkur ish bo‘yicha jabrlanganlar 10-yanvardan boshlab davom etishi rejalashtirilgan sud majlislarida ixtiyoriy tarzda qatnashishi yoki qatnashishni rad etishi ham mumkin.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q