Eng koʻp Toshkent shahrida, eng kam Sirdaryo viloyatida. Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan sanoat korxonalari soni e’lon qilindi

Saqlash
17:50 / 05.01.2024 1680 0

2023-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 71 110 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etilgan – 11 864 ta.

 

O‘z navbatida, eng kam sanoat korxonalari Sirdaryo viloyatida joylashgan– 1583 ta.

 

Ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

 

Farg‘ona viloyatida – 8057 ta;

 

Toshkent viloyatida – 7398 ta;

 

Samarqand viloyatida – 6321 ta;

 

Andijon viloyatida – 5614 ta;

 

Namangan viloyatida – 5057 ta;

 

Buxoro viloyatida – 4261 ta;

 

Xorazm viloyatida – 4177 ta;

 

Qashqadaryo viloyatida – 3990 ta;

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 3677 ta;

 

Surxondaryo viloyatida – 3248 ta;

 

Navoiy viloyatida – 3192 ta;

 

Jizzax viloyatida – 2671 ta.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//