20-yanvardan yana bir qancha poyezdlarning chipta narxi oshadi

Saqlash
15:20 / 05.01.2024 961 0

2024-yil 20-yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlarining chiptalari narxi 20 foizga oshmoqda.

 

“O‘zbekiston temiryo‘llari” xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasi qaroriga muvofiq, temiryo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr energiyasi-yonilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, temiryo‘l vokzallarini davr talablariga muvofiq saqlash maqsad qilingan.

 

Yangi narxlar quyidagicha:

 

Toshkent — Buxoro — Toshkent

 

VIP - 636 000 so‘m

 

Biznes - 462 000 so‘m

 

Ekonom - 336 000 so‘m

 

Toshkent — Qarshi — Toshkent

 

VIP - 534 000 so‘m

 

Biznes - 390 000 so‘m

 

Ekonom - 282 000 so‘m

 

Toshkent — Samarqand — Toshkent

 

VIP - 396 000 so‘m

 

Biznes - 276 000 so‘m

 

Ekonom - 204 000 so‘m.

 

«O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tish amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//