Jamiyat
Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi oziq-ovqat, dehqon va buyum bozorlarida qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlanishini e’lon qildi.
Hokimlik xabarida aytilishicha, oziq-ovqat, dehqon va buyum bozorlaridagi sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish, bozorlar faoliyatini takomillashtirish, ularning sanitariya-gigiyena hamda yong’in xavfsizligi talablariga javob beradigan holatga keltirish maqsad qilingan.
Ushbu ishlarning birinchi bosqichida, poytaxtning barcha bozorlariga mahsulotlarni asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lgan Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori rekonstruksiya qilinadi.
Ta’kidlanishicha, bozorga olib kelinayotgan mahsulotlar bozor hududiga sig‘may, atrofidagi hududlarda, shu jumladan Chirchiq kanali bo‘yida tartibsiz savdo amalga oshirilayotgani hamda bozor hududiga kuniga 600 dan ortiq yuk mashinalari kirib-chiqishi avtomobil yo‘llarning tirbandligiga asosiy sabab bo‘lmoqda va aholiga jiddiy noqulayliklar yaratmoqda.
Rekonstruksiya davrida tadbirkorlarga o‘z faoliyatini “Food City”, “Toshkent indeks” va boshqa savdo majmualarida tashkil etilgan qulay sharoitlarda davom ettirilishi taklif qilinadi.
Bunda, tadbirkorlar mulklarini ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar (transport, yuklash, tushirish va boshqalar) bepul amalga oshiriladi hamda savdo majmualaridagi do‘konlar uchun ijara to‘lovlaridan 3 oyga ozod qilinadi.
Shuningdek, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida “Qo‘yliq” massividan bozor hududigacha yo‘lkira xaqi olinmaydigan 10 ta avtobus yo‘nalishga qo‘yilib, jamoat transporti uchun shohbekat tashkil qilinadi va shaharning barcha yo‘nalishlarga chiqish imkoni yaratiladi.
Bozorda faoliyat yuritayotgan 144 nafar ishchi-xodimlar “Food City” va “Toshkent indeks” savdo majmualarida ish bilan ta’minlanadi.
“Shu tariqa, bozorlarni tartibga keltirish, ko‘chirish yoki rekonstruksiya qilish ishlari poytaxtimiz bo‘ylab davom etadi va tez orada ular aholi uchun fayzli va obod maskanlarga aylanishiga umid qilamiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q