Jamiyat
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining ayrim mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganiga oid eʼlon qilingan xabarlar va boshqa ochiq maʼlumotlar asosida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida bir qator mansabdor shaxslar tadbirkorlik subyektlarida taʼsischi yoki ulushga ega ekani maʼlum boʻldi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini bartaraf etish yuzasidan agentlik tomonidan chora koʻrilgan.
Jumladan, quyidagi mansabdorlarning tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik va rahbarlik faoliyati tugatilgan:
- “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DUK bosh direktori Sh.А;
- Toshkent shahri, Mirobod tumani hokimi А.S;
- “Milliy antidoping agentligi” rahbari А.S;
- “Axborotlashtirish bosh markazi” UK rahbari D.S;
- Andijon viloyati, Boʻston tumani hokimi S.N;
- “Milliy PR-markazi” DUK direktori D.S;
- Energetika vaziri oʻrinbosari U.M;
- Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori А.А.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111855
Jamiyat
94681
Jamiyat
90678
Jamiyat
75352
Jamiyat
//
Izoh yo‘q