Jamiyat
Navoiy viloyatidan Moskvaga uchayotgan samolyot favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Uzbekistan Airports holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Unga koʻra, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-9617 reysi bilan Navoiy-Moskva yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilayotgan samolyot havoga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay Urganch aeroportiga qoʻnishga majbur boʻldi. Bunga yoʻlovchilardan birining ahvoli yomonlashgani sabab boʻlgan.
Bortida 107 yoʻlovchi boʻlgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 18:42 da Urganch aeroportiga qoʻndi. Yoʻlovchi (Oʻzbekiston fuqarosi) reysdan olinib, Urganch shahar shifoxonasiga yotqizildi.
Mahalliy vaqt bilan soat 19:51da Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti “Vnukovo” aeroportiga uchib ketdi.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111855
Jamiyat
94681
Jamiyat
90678
Jamiyat
75352
Jamiyat
//
Izoh yo‘q