Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yunusobod tumanida bir dona eman daraxtiga quruvchilar tomonidan shikast yetkazilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilganida “Max Processing” MCHJ mansabdor shaxslari tomonidan 1 dona eman daraxti tegishli agrotexnik talablarga amal qilinmasdan Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumaniga koʻchirib oʻtqazilgani aniqlandi. Ayni damda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan “Max Processing” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 198-moddasi 3-qismi va 229-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 151-153-moddalariga koʻra Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi boshligʻining faoliyatiga xizmat tekshiruvi tayinlandi va Ф.Д. 2023-yilning 30-dekabridan 2024-yilning 1-fevraliga qadar ishdan chetlashtirildi.
Xizmat tekshiruvi davomida Toshkent shahar ekologiya boshqarmasining barcha tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, xodimlarining faoliyati hamda 2021-2023-yillar davomida boshqarma tomonidan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni kesishga berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi va asoslari oʻrganiladi.
Poytaxtda moratoriy talablariga toʻliq rioya etilmayotganligi, aholi tomonidan daraxtlarning kesilishi borasida koʻplab eʼtirozlar bildirilayotganligi, qonunchilikka amal qilinmasdan daraxtlarni kesishga yoki koʻchirishga qayta-qayta ruxsatnoma berilayotganligi sababli Ekologiya vazirligi shu yilning 1-fevraliga qadar Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi vakolatlarini cheklashiga toʻgʻri keldi. Xususan, endi daraxtlarni kesish yoki koʻchirib oʻtqazishga ruxsatnoma berish faqatgina vazirlikning tegishli boshqarmasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q