Iqtisod
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahriga Xitoydan import qilingan guruchlar sunʼiy ekani va sellofandan tayyorlangani aytilgan video xabarlar tarqalgan edi. Rasmiylar buni rad etdi.
Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati rahbari Nurbek Salomovning OʻzAga maʼlum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu kabi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Oʻzbekistonga import qilinadigan guruchlar ichida turli xil zararkunanda va hasharotlar yoʻqligi boʻyicha hamda oʻta xavfli va boshqa infeksiyalar olib kirilmasligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtkaziladi. Mahsulot tegishli tashkilotlar xulosasiga koʻra isteʼmolga yoki ekishga yaroqli deb topilsagina Oʻzbekistonga olib kirishga ruxsat beriladi.
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi matbuot xizmati ham bunday guruch Oʻzbekistonga import qilinmaganini maʼlum qildi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligidan olingan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda har yili 100 ming gektardan ortiq maydonda sholi yetishtiradi. Respublika sharoitida aholi jon boshiga oʻrtacha yilga 9,8 kilogrammdan guruch isteʼmoli talab etiladi. Yaʼni respublika aholisini toʻliq guruch mahsulotlari bilan taʼminlash uchun 353 ming tonna guruch zaxirasi talab etiladi.
Respublika hududlarida 2022 yilda 105,8 ming gektar maydonlarda sholi ekilib, 516,9 ming tonna sholi yetishtirilgan. Guruch hisobida 310 ming tonnani tashkil etadi. Yaʼni aholi talabiga nisbatan 43 ming tonna kam guruch ishlab chiqariladi (2021 yilga nisbatan 48 ming tonna koʻp sholi yetishtirilgan).
Tahlillarga koʻra, 2022-yilda respublika boʻyicha 8 ming tonna guruch import qilingan boʻlsa, 2023 yilda 53,5 ming tonna guruch importi amalga oshirilgan. Yaʼni isteʼmolga nisbatan 10 ming tonna ortiqcha guruch import qilingan.
Qozogʻistondan 29,3 ming tonna (54,7 foiz), Pokistondan 23,2 ming tonna (43,3 foiz), Tailanddan 599 tonna (1,1 foiz), Turkiyadan 265 tonna (0,5 foiz) va Hindistondan 126 tonna (0,2 foiz) va boshqa mamlakatlardan 21,1 tonna (0,02 foiz) guruch importi amalga oshirilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q