Jamiyat
“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga koʻra, aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish orqali ortiqcha vaznga ega aholi ulushini 50 foizga va semizligi mavjud aholi ulushini 23 foizga qadar kamaytirish moʻljallangan.
Maktabgacha va maktab taʼlim tizimida sogʻlom ovqatlanish taʼminlanadi. Bunda bolalar va yoshlar oʻrtasida semizlik 30 foizga qisqartiriladi.
Har bir insonning oʻz salomatligiga masʼulligini oshirish nazarda tutilyapti.
Preventiv tibbiyotni fundamental rivojlantirish, taʼlim tizimidan boshlab valeologiya asoslarini singdirish ham rejalashtirilgan.
Aholi orasida zararli odatlarga qarshi kurashish, tamaki chekuvchilar ulushini 10 foizga kamaytirish moʻljallanmoqda.
Oʻzbekiston aholisi orasida xalqaro qabul qilingan standart metodologiya asosida keng koʻlamli tadqiqotlar oʻtkaziladi.
Shuningdek, loyihada sogʻliqni saqlash tizimini toʻliq raqamlashtirish, qogʻozbozlik, asossiz byurokratiya va navbatlarga chek qoʻyish, aholiga tibbiyot muassasalariga murojaat qilganida qulayliklar yaratish, epidemiologik holati barqaror boʻlgan davlatlar qatorida boʻlish kabi yoʻnalishlar ham aks etgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q