“Paypoqqa masʼh tortishning hukmi”, “Ayollarning qabristonga borishi” – ixtilofli masalalar yechimiga bagʻishlangan kitob nashr etildi

Saqlash
15:02 / 03.01.2024 1145 0

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi Fatvo markazi ulamolari tomonidan “Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi” nomli kitob nashr etildi.

 

Kitobda koʻp yillardan beri xalq orasida muammoli boʻlib kelayotgan fiqhiy va aqidaviy masalalar sodda va ilmiy asoslangan uslubda yoritilgan.

 

Ushbu kitobda “Paypoqqa masʼh tortishning hukmi”, “Qon chiqishi sababli tahoratning sinishi”, “Fotihadan keyingi “omin”ni jahriy aytishning hukmi”, “Rukudan avval va keyin qoʻl koʻtarish”, “Namozdan keyin tilovat qilish”, “Erkak va ayollarning namozdagi farqlari”, “Ayollarning qabristonga borishi” kabi fiqhiy masalalar bilan birga “Alloh taoloning ism va sifatlarini tushunish”, “Alloh taoloning makondan behojat ekani”, “Vasila qilish”, “Qurʼon tilovati savobini oʻtganlarga bagʻishlash”, “Avliyolarning karomati” kabi dolzarb aqidaviy masalalar batafsil yoritilgan.

 

Kitob “Matbaachi” nashriyotida chop etilgan boʻlib, qattiq muqova va hajmi 408 bet. Narxi 65 000 soʻmligi maʼlum qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//