Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida sohalar rivoji yangi bosqichga koʻtariladi

Saqlash
15:01 / 01.01.2024 1738 0

O‘zbekiston Repsublikasi prezidentining 2024-yil uchun tabriknomasiga bir qancha ma‘naviyat xodimlari o‘z munosabatlarini bildirdi.

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Marhamat tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi Mavjuda  Zokirova.

 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga yuborgan tabrigini eshitib, O‘zbekiston, o‘zbek va o‘zbekistonlik degan so‘zlardan yana bir bor g‘urur hissini tuydim.

 

2023-yil sarhisobini ko‘rdim, yurt tinchligi, inson qadri, ijtimoiy sohalarning rivoji uchun qilingan ishlar bisyor!

 

Tabrikda inson qadrini ulug‘lash, aholi manfaatlarini ta‘minlash uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish maqsadida yangi 2024-yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.

 

Bu prezidentimizning bilimli, tashabbuskor va navqiron avlodga bo‘lgan yana bir yuksak ishonchi va xalqimiz farovonligini, yurtimiz tinchligi, mustaqilligimizni mustahkamlash, yangi hayotni, yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi yana bir katta yo‘l deb o‘ylayman.

 

Bu yo‘lda biz ma’naviyatchilar ham o‘z o‘rnimizga ega bo‘lib, bor kuch-g‘ayratimiz va salohiyatimizni ishga solamiz!

 

Muhtarama Ulugʻova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi.

 

Yurtboshimizning yangi 2024-yil kirib kelishi munosabati bilan xalqimizga, bizga yoʻllagan tabriknomasi xalq oʻzi katta ishonch bilan saylagan oqsoqolning xalqning ishlari, birdamligi, orzu-intilishlaridan koʻngli toʻlib, bagʻributunlik, bagʻrikenglik, iftixor bilan aytgan muxtasar xulosasiga oʻxshab ketdi.

 

Undagi har bir fikr jonajon Oʻzbekistonimiz yangi tarixi sahifalariga sarlavha boʻlishi mumkin. Zero, jonajon Vatanimizning tinchlik-osoyishtaligi, xalqimizning hurmatli prezidentimiz gʻamxoʻrligi, ichki va ish va tashqi siyosatdagi oqil va insonparvar siyosati, mamlakatimizning har bir fuqarosi hayotdan rozi boʻlib yashashi uchun amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy yangilanishlar va bu ishlarning tub mohiyati mamlakatdagi tarixiy yangilanishlar, bunyodkorlikka xalqning ongli, ijodkorlar yondashuvi va izlanishlarga asoslanishi uchun odamlarning maʼnaviy, maʼrifiy, madaniy kamoloti uchun qilinayotgan saʼy-harakatlarning dastlabki mevasi — bugungi kunda dunyo hamjamiyatida vatanimizning eng xavfsiz, taraqqiyoti barqaror davlat sifatida tan olinishi; bugun simob qatrasidek titrab turgan yer kurrasining tinchlik-xotirjamligi yoʻlida yurtboshimiz jahonning eng yuqori minbarlaridan kiritgan takliflarining eʼtirof etilishi, ular asosida hayotga tatbiq etiladigan hujjatlar qabul qilinishi; Oʻzbekiston xalqaro anjumanlar oʻtkazish uchun eng munosib joyga aylanib qolgani bagʻrimizni togʻdek yuksaltiradigan bunday hayotiy haqiqatlarni yana qancha qayd etishi mumkin.

 

Va bularning barchasida shu el-u yurtning farzandiman, degan har bir insonning iftixorli taqdiri, ozmi-koʻpmi hissasi borki, qadrli yurtboshimizning tabriklari mohiyatida ana shu eʼtirofni, yakdillikni his etmoq yangi yil rejalarimizga yanada masʼuliyatimizni oshiradi, oʻzi vazifamizga ijodkorlik va fidoyilik bilan yondashuvga chorlaydi, kuch-quvvat bagʻishlaydi. Tabrik satrlariga uygʻun samimiyat, ishonch, mehr- muhabbatning aks-sadosi, nazarimda, bugun har birimizning qalbimizda jaranglab turgandek, aziz yurtdoshim!

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Andijon viloyat boʻlimi rahbari Abdulhamid Nurmatov.

 

Hayotimizning yangi 2024-solnomasi muborak, har birimizning va diyorimizning taqdiriga xayr-barakatlar qoʻshadigan sahifalariga boy boʻlsin!

 

 

Davlatimiz rahbarining samimiylikka yoʻgʻrilgan Yangi yil tabrigidan faxrlanish asnosida uning zamirida ushbu ulugʻ neʼmatlarning mujassamligini koʻrdim:

 

1.Tinchlik, barqarorlik. Xavfsizlik.

 

2.Millatlararo totuvlik

 

3.Inson qadri

 

4 Oʻzbekiston hayotiga oʻtib borgan yilimizning siyosiy voqealarga boyligi

 

5.Jonajon davlatimizning xalqaro miqyosda nufuzi oshgani, davlatlarning ishonchi

 

6.Xalqaro anjumanlarning yurtimizda oʻtkazilgani va buning natijasida yana bir bor mustaqil mamlakatimizga boʻlgan jahoniy eʼtibor.

 

Mana shu asosiy jihatlar tabrikdagina emas, hayotimizda ham aks etganiga har birimiz guvohmiz.

 

Yangi yilning “Yoshlar va biznesni qoʻllab quvvatlash yili” deb eʼlon qilinishi esa zakovatli, salohiyatli, tashabbuskor yoshlar yangi Oʻzbekistonni umidi, istiqboli ekanligiga qatʼiy ishonch va bu yoʻldani davlat siyosatining aniq maqsadlarga asoslanganligi boʻlsa, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali xalqimiz farovonligini yanada oshirish, yurtimizda yangi ishchi oʻrinlarini yaratishga tizimli chora tadbirlar orqali erishish niyati mujassamdir.

 

Har bir ezgu maqsad zamirida esa Oʻzbekistonni davlat, xalqini millat sifatida dunyo miqyosidagi mavqeyini koʻtarish, suverenitetini saqlash va mustahkamlashdek nihoyatda dolzarb vazifani hayotga tatbiq etish yotibdi. Ayniqsa, murakkab tashqi munosabatlar davlatlararo ziddiyatlar avj olgan hozirgi pallada davlatimizning xavfsizligini, mustaqilligini taʼminlash hamisha hushyor, ogoh boʻlish, yaxshi qoʻshnichilik, xalqaro hamkorliklarni kuchaytirish zarurdir.

 

Qolaversa, davlat rahbari shu yurtning fuqarosi, oddiy inson sifatida orzu qilib, duolarida soʻragan ezgu niyatlari barchamizning qalbimizda doimo bardavomdir. Yaratganning oʻzi butun dunyoni, shu qatori yurtimizni omonda saqlasin.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish