Toshkent—Buxoro yo‘nalishidagi “Afrosiyob” poyezdi temiryo‘l xodimini urib ketdi

Saqlash
21:06 / 29.12.2023 3004 0

Toshkent – Buxoro yo‘nalishida harakatlangan «Afrosiyob» poyezdi temiryo‘l xodimini urib ketdi, xodim voqea joyida vafot etgan.

 

«O‘zbekiston temiryo‘llari» xabariga ko‘ra, 27-dekabr kuni taxminan soat 11:26 lar atrofida tezyurar “Afrosiyob” elektropoyezdi mashinisti “Buxoro mintaqaviy temiryo‘l uzeli” UKga qarashli Juma—Kattaqo‘rg‘on temiryo‘l bekatlari oralig‘ida kamchilikni aniqlab, bu haqda xabar bergan.

 

Uni bartaraf etish maqsadida ish rahbari, yo‘l ustasi vazifasini bajaruvchi Sh.Meliyev boshchiligidagi 9 nafar yo‘l sozlovchilar birgalikda taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan.

 

3750 kilometrning 9 piketdan temiryo‘l izi ichidan brigada oldiga qaytayotgan (temiryo‘l izlari chetidan qaytmasdan) yo‘l sozlovchi M.Shodiyorov yo‘l brigadiri vazifasini bajaruvchi M.Aliqulov tomonidan berilgan ogohlantirish ishoralariga eʼtibor bermagan hamda “Afrosiyob” mashinisti tomonidan berilgan ogohlantirish signalini eshitmagan.

 

Oqibatda Toshkent—Buxoro yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘l sozlovchi M.Shodiyorovni urib ketgan va u voqea joyida vafot etgan.

 

Hozirda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//