Endilikda oilaviy tadbirkorlar 5 nafargacha ishchi yollashi mumkin

Saqlash
17:32 / 29.12.2023 2709 0

Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishni imzoladi. Ushbu o‘zgartirishga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlari endilikda uch nafar ishchi o‘rniga besh nafargacha doimiy ishchi qabul qilishi va ular bilan mehnat shartnomasi tuzishi mumkin.

 

Bundan tashqari, bir oilaviy korxona ishtirokchisiga bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lish huquqi beriladi.

 

Oilaviy tadbirkorlik, qonunga ko‘ra, oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//