Jamiyat
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan press-turda hududiy ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoq vakillari va blogerlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040 sonli Qarorida 2021-2023 yillar davomida barcha viloyatlar, tuman, shaharlarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida har bir tuman, shaharlarda “Ma’naviyat va ma’rifat maskani”ni tashkil etish belgilangandi.
Ushbu qaror ijrosi o‘laroq, Toshkent viloyatining barcha hududlarida “Ma’naviyat va ma’rifat maskan”lari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Toshkent viloyatda mavjud 22 ta“Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari o‘z vazifalarini bajara olyaptimi? Maskanlar aholi va yoshlar bilan gavjummi? Ularda qanday sharoitlar yaratilgan? Yoshlar hali ham bo‘sh vaqtini internet klublarida o‘tkazyaptimi yoki ma’naviyat, ma’rifat o‘chog‘i hisoblangan maskanlarga boryaptimi? Aynan ushbu savollarga javob topish maqsadida viloyatdagi ayrim “Ma’naviyat va ma’rifat maskan”lariga press-tur tashkil etildi.
Dastlab Nurafshon shahridagi viloyat “Nuroniylar va Ma’naviyat maskani”da jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan. Mazkur anjumanda “O‘zbekiston 24”, “Nurafshon TV”, “Sevimli TV”, “Renesans TV”, “Effekt Uz”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanallari hamda "Toshkent haqiqati”, “Ташкентская правда”, “Правда востока” gazetalari muxbirlari va operatorlari bilan bir qatorda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi rahbari Zarifa Eraliyeva, Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Rahmatilla Sheraliyev, hamda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Bekzod Kabulovlar qatnashdi.
Matbuot anjumanida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari Fayziyeva viloyatda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida tushuncha berib o‘tgan.
Maskanning milliy ruhda bezatilgan kutubxonasi “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Mazkur o‘yinda Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, TATU Nurafshon filiali talabalari, nuroniylar va ma’naviyat xodimlari o‘rtasida o‘tkazilib,
1-o‘rinni TATU Nurafshon filiali talabalari
2-o‘rinni Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari
3-o‘rinni nuroniylarda iborat “Otalar” jamoasi egalladi.
G‘olib va ishtirokchilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Press-tur qatnashchilari shundan keyin Angren shahridagi ‘Ma'naviyat va ma’rifat maskani”da bo‘ldi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q