Ijro hokimiyati organlarining ochiqlik reytingi e’lon qilindi

Saqlash
11:12 / 29.12.2023 2551 0

Oliy Majlis huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tomonidan 2023-yilning iyul va dekabr oylarida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining axborot jihatdan ochiqligi yuzasidan monitoring o‘tkazildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, 2023-yil yanvaridan dekabriga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelgan 21 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining 50 ta eng ko‘p o‘qiladigan elektron milliy OAVdagi chiqishlari monitoring qilingan va yakuniy reyting tuzilgan.

 

Reyting ko‘rsatkichlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari to‘g‘risida chop etilgan maqolalar va ko‘rishlar soni, shuningdek, tanqidiy munosabatlar asosida shakllantirishni nazarda tutadi.

 

Monitoring natijalariga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar, Adliya, Ichki ishlar, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari faoliyati axborot jihatdan ochiqlik talablariga mos kelgan holda yuqori o‘rinlarni egallagan, Transport, Tog‘-kon sanoati va geologiya hamda Madaniyat vazirliklari esa eng quyi o‘rinlarni egallagan.

 

2023-yil uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining axborot jihatdan ochiqligi yuzasidan o‘tkazilgan monitoringning to‘liq natijalari quyidagicha:

 

 

Qayd etilishicha, vazirliklar to‘g‘risida 2023-yilda elektron OAVda e’lon qilingan maqolalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan sezilarli o‘sgan. Shu bilan birga tanqidiy munosabatlar nisbatida pasayish kuzatilmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish