Jamiyat
Surxondaryoda mobil kompleks (multiradar) bilan jihozlangan avtomobilda xizmat olib borayotgan xodimning faoliyatiga to‘sqinlik qilishga uringan aka-ukalarga nisbatan sud tomonidan chora ko‘rildi. Bu haqda IIV YHXX matbuot xizmati xabar berdi.
Surxondaryo viloyatidagi M-41 xalqaro avtomobil yo‘lida YPX xodimlari multiradar o‘rnatilgan avtomobilda xizmat faoliyatini amalga oshirayotgan paytda mazkur yo‘lda harakatlanib kelayotgan boshqa bir avtomobil haydovchilari YPX xodimlarini to‘xtatib, ular bilan janjallashgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudi qarori bilan huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
“Mashinaning ichidan kalitni olmoqchi bo‘lib, ozgina tortishdik. YPX xodimining ishiga noqonuniy aralashdik. Noto‘g‘ri ish qilganimizdan uzr so‘raymiz. Boshqa bu ish qaytarilmaydi”, — degan huquqbuzar haydovchi.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111855
Jamiyat
94681
Jamiyat
90678
Jamiyat
75353
Jamiyat
//
Izoh yo‘q