Ilm-fan
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan jamiyatimiz ijtimoiy-ma’naviy muhitini tahlil qilish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, xalqaro siyosiy vaziyat va uning mamlakatimiz siyosiy hayotiga ta’siri tahliliga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop risolalar nashr etildi.
Falsafa fanlari nomzodi, dotsent Shavkat To‘rayev boshchiligidagi mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan “Davlat tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish” nomli qo‘llanma davlat tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish yuzasidan tavsiyalar shaklida bo‘lib, unda targ‘ibotning zamonaviy usullari, tadbir samaradorligi mezonlari, milliy g‘oyani targ‘ib qilish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‘liq masalalarga ilmiy-amaliy yondashilgan. Mazkur qo‘llanma barcha rahbar xodimlar, davlat tashktlotlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari, yetakchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, mutaxassislar va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Siyosiy fanlar doktori, professor Sarvarjon G‘afurovning “Markaziy Osiyo: mintaqaviy tahdidlar, integratsiya, zamonaviy siyosiy jarayonlar” risolasida Markaziy Osiyodagi mintaqaviy tahdidlar, integratsiya, zamonaviy siyosiy jarayonlar atroflicha tahlil qilinadi. Markaziy Osiyo davlatlaridagi hududiy, iqtisodiy, transchegaraviy, etnik kabi zamonaviy muammolarning ildizlari chuqur bo‘lib, ular sovet davri boshqaruv tizimi o‘tmishiga borib taqalishi, ushbu muammolar bugungi kunda ham mintaqaning rivojlanish bosqichlariga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishda davom etishi mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar berilgan.
Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti kichik ilmiy xodimi Avazbek Shermatovning “Jahon mamlakatlari mafkuralariga bir nazar” nomli risolasida turli mamlakatlarning mafkuralari va mafkura sohasidagi siyosati haqida so‘z boradi. Ushbu mamlakatlarda mafkura masalasiga berilayotgan e’tibor, bu boradagi institutsional yondashuv haqida kerakli ma’lumotlar keltiriladi. Risolada, shuningdek, hozirgi kunda dunyo mafkuraviy makonida ta’sir kuchi baland va o‘z o‘rniga ega dominant mafkura va g‘oyalar ham qisqacha tahlil qilinib, bu borada kerakli xulosalar berilgan.
Mazkur risolalar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi ijtimoiy-ma’naviy muhit, xalqaro siyosiy-iqtisodiy vaziyat haqida muayyan tasavvur beradi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q