Oʻzbekistonda 2024-yil uchun ijara toʻlovlarining eng kam miqdori belgilandi

Saqlash
19:21 / 28.12.2023 2829 0

Oʻzbekistonda 2024-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam miqdori eʻlon qilindi.

 

“2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingandi. Qonun bilan soliq solish maqsadida ijara toʻlovining minimal stavkalari tasdiqlandi.

Unga koʻra, turar joy 1 kvadrat metri uchun belgilangan stavka miqdori quyidagicha boʻladi:

Toshkent shahrida — 25 000 soʻm;
Nukus shahri va viloyat markazi boʻlgan shaharlarda — 12 000 soʻm;
Boshqa aholi punktlarida — 5 000 soʻm.


Avtomobil transporti:

Yengil avtomobil uchun — 780 000 soʻm;
Mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk mashinalari uchun — 1 550 000 soʻm.
Quyidagi jadvalda ijara toʻlovining yangi minimal stavkalari keltirildi.

Soliq qoʻmitasining xabar qilishicha, mazkur stavkalar koʻchmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga (yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi shartnomalardan tashqari) ham tatbiq etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//