Jamiyat
Prezident farmoniga koʻra, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari tashkil etiladi. Uyushma raisi maqomi, tibbiy, transport va maishiy taʼminot sharoitlari boʻyicha bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Prezident “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatga koʻra, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari tashkil etiladi.
Uyushmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʻladi:
- mahallaning xalq bilan davlat oʻrtasidagi “koʻprik” vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylanishiga koʻmaklashish;
- mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish, uning jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, mahalla boshqaruvida aholining faol ishtirokini taʼminlash;
- har bir fuqaro oʻzi va oilasining kelajagi, moliyaviy ahvoli va farovonligini taʼminlashda masʼuliyatni sezishi, boqimandalikka oʻrganmaslik hissini yanada kuchaytirish boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish;
- “mahalla yettiligi” tomonidan mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish uchun safarbar etishda koʻmaklashish va boshqalar.
Uyushma raisi maqomi, tibbiy, transport va maishiy taʼminot sharoitlari boʻyicha bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi.
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q