Surxondaryoning 8 ta tumani va Termiz shahrida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi

Saqlash
14:49 / 28.12.2023 981 0

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, qator hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Viloyat navbatchilik shtabiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, bugun 28-dekabr kuni Bandixon tumanining “Polvontosh” mahallasi hududidan o‘tuvchi Muzrabot-Dushanbe magistral gaz quvurining 101-190 kilometrlari oralig‘idagi D-700 mm bo‘lgan magistral gaz quvurida avariya holati yuzaga kelgan, deyiladi xabarda.

 

Hozirda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan avariya holatini bartaraf etish va tabiiy gaz ta’minotini tiklash choralari ko‘rilmoqda. Shu munosabat bilan bugun soat 06:30 dan viloyatning quyidagi shahar va tumanlaridagi iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi:

 

Termiz shahri;

Bandixon tumani;

Qiziriq tumani;

Muzrabot tumani;

Termiz tumani;

Jarqo‘rg‘on tumani;

Qumqo‘rg‘on tumani.

Angor tumani;

Sherobod tumani.

 

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
 

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//