Oʻzbekistonda Yangi yil kuni qor yogʻadimi?

Saqlash
15:23 / 27.12.2023 1094 0

Har yili koʻpchiligimizni bu yil ham Yangi yil kunida qor yogʻarmikan degan savol qiynaydi. Oyina.uz mazkur savol bilan Gidrometeorologiga markazi Matbuot xizmatiga chiqdi.

 

Bizga berilgan maʼlumotlarga koʻra, 31-dekabr kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi +2+7 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi -4-9, kunduzi +0+5 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi -2-7, kunduzi +3+8 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 0-5, kunduzi +2+7 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi -3 daraja sovuq,+2 daraja iliq, kunduzi +5+10 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida kechasi 0-5 daraja. kunduzi +2+7 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikamizning barcha hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.

 

Umuman olganda bu yil ham yangi yil kuni qor yogʻmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//