Jamiyat
Orol dengizining qurigan qismiga ekilgan saksovullar koinotdan ko‘rinmoqda. Bu haqda iqlimshunos olim Erkin Ablulahatov xabar berdi.
“Bu kabi yashillashtirish ta’siri sifatida aytish mumkinki, 2018-yildan so‘ng Orol bo‘yida kuchli chang bo‘ronlari xavfi keskin kamayib ketdi.
Nafaqat chang (qum) bo‘ron chastotalari, balki kelayotgan nam havo oqimlaridan Orol bo‘yi atrofida yog‘in jadalligi boshqa mintaqalarga nisbatan ortgan. Bu nafaqat havo aylanmalari (sirkulyatsiyasi) harakatidagi o‘zgarishlar balki yer sirtidagi fitomassaning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi xam mumkin.
Mazkur loyiha respublika bo‘ylab keng miqyosda davom ettirilishi mintaqa uchun juda zarur”, — dedi iqlimshunos.
O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori Nizomiddin Bakirov Orol dengizining qurigan tubida amalga oshirilgan o‘rmon-meliorativ tadbirlar to‘g‘risida “Daryo” nashriga ma’lumot bergan.
“Davlat rahbarining tashabbusi bilan 2018-yilda boshlangan Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanidagi Orol dengizining suvi qurigan hududida “yashil qoplamalar” barpo etish ishlari bugungi kunda tizimli ravishda tashkil etilmoqda.
Orol dengizining suvi qurigan hududida 1,7 mln gektar maydonda cho‘l o‘simliklarining urug‘i va ko‘chatidan “yashil qoplamalar” barpo etildi. O‘rmon xo‘jaliklari va mahalliy aholi tomonidan jami 6,9 ming tonna saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklarining urug‘lari jamg‘arildi. Shundan, 1,5 ming tonnadan ortiq urug‘lar Mo‘ynoq tuman aholisi hisobiga to‘g‘ri keladi.
Har yili o‘rtacha 1000 ta gacha texnika va mexanizmlar, 4 dona samolyotlar, 2 dona motodeltaplanlar jalb etilib, 2 ming nafargacha aholi, ishchi-xodim va mexanizatorlar ishtirok etishdi.
Barpo etilgan “yashil qoplamalar” soha olimlari hamda tegishli vazirlik va ilmiy tadqiqot-institutlari bilan hamkorlikda monitoring qilib borilmoqda, — dedi Nizomiddin Bakirov.
Agentligi direktorining aytishicha, dastlabki yillarda ekilgan saksovulzorlar hosil berib boshlagan va urug‘lar jamg‘arilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, qator nufuzli xalqaro tashkilotlar va davlatlar tomonidan Orolbo‘yi mintaqasida tashabbuslar va bajarilayotgan mintaqaviy tadbirlar qo‘llab quvvatlanib, iliq qabul qilinmoqda. Bu esa - Orolbo‘yi mintaqasidagi nafaqat ekologik, balki ijtimoiy, iqtisodiy va demografik vaziyatni yaxshilashga olib keladi.
Respublikada ekologik vaziyatni yaxshilashga hamda cho‘llanishni oldini olishga qaratilgan ushbu muhim tadbirlar tasdiqlangan dasturlar doirasida izchillik bilan davom ettiriladi”, — degan Nizomiddin Bakirov.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q