Ilm-fan
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov Oksford universiteti rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazgan. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Muzokaralar chog‘ida Oksford universiteti bilan O‘zbekiston OTMlari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Britaniya universiteti qoshidagi Wolfson College dasturlari asosida ta’lim va ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilingan.
Xabar qilinishicha, Oksford universiteti qoshidagi “Birso‘z” markazi direktori Leyla Najafzoda bilan kechgan muloqot chog‘ida mazkur ta’lim muassasasida o‘zbek tilini o‘qitish loyihasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
O‘zbek tili bo‘yicha darslar 2024-yil yanvar oyida 15 nafarga yaqin talaba ishtirokida boshlanadi. O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tomonidan markazning ilmiy bazasini boyitish maqsadida o‘zbek tilidagi zarur adabiyotlar va o‘quv materiallari yetkazib beriladi.
Ma’lumot uchun, Oksford universiteti qoshidagi Wolfson College 1965-yilda tashkil topgan. Kollej universitetning yetakchi 3 ta oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda dunyoning turli burchaklaridan kelgan 700 dan ortiq talaba gumanitar, tabiiy va ijtimoiy fanlar bo‘yicha tahsil oladi. Kollej bitiruvchilari orasida 3 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari bor.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q