Jamiyat
Bolalar ombudsmaniga jamoatchilik faollaridan Zangiota tumanidagi 13 yoshli S.R (qiz)ga nisbatan uning o‘gay onasi tomonidan muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilinayotgani yuzasidan murojaat va videomaterial kelib tushgan. Bu haqda ombudsman axborot xizmati xabar qildi.
Holat ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilganda, videoda 2010-yilda tug‘ilgan S.R.ga otasi S.S.ning turmush o‘rtog‘i S.Sh. tomonidan zo‘ravonlik qilingani holati eshitilgani aniqlangan. Bu fakt yuzasidan S.S. ham tuman IIBga murojaat qilib, turmush o‘rtog‘iga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Dastlab voyaga yetmagan S.R. sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazilib, tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan.
Qayd etilishicha, qizcha bilan yakka tartibda psixolog suhbati o‘tkazilgan va hozirda bolaga ruhiy zo‘ravonlik yetkazilganini va uning darajasini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan. Qaramog‘ida bo‘lgan bolaga zo‘ravonlik qilganligi aytilayotgan S.Sh.ning ruhiy holatiga ham huquqiy baho berish uchun ekspertiza tayinlangan.
Mazkur fakt bo‘yicha olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv Zangiota tumani prokuraturasi nazoratida.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q