Siyosat
Yangi yil bayrami munosabati bilan yetim va nogironligi bor bolalar, vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lganlar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bolalari uchun “Prezident sovg‘asi” karvonlari hududlarga jo‘natildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Vazirlik bolalar uchun umumiy hisobda 11 000 dona “Prezident sovg‘asi” tayyorlanganini ma’lum qildi. Xususan, kichkintoylarga 17 turdagi shirinlik, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, “aqlli” soat, dars magnit taxtasi tuhfa etiladi. Shu bilan birga, 12 yoshdan katta 1 600 nafar tarbiyalanuvchi sovg‘alariga planshetlar ham kiritildi.
“Prezident sovg‘asi” Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va respublikaning barcha viloyatlariga yetkaziladi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, “Prezident sovg‘asi” bolalarga hududiy hokimliklar ishtirokida 29-30-dekabr kunlari tantanali topshiriladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
110079
Jamiyat
94316
Jamiyat
90181
Jamiyat
73512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q