Siyosat
Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi MCHJ elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangani aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Tumandagi “O.E.” MCHJ rahbari B.S. jamiyatga qarashli xududdagi binoda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, kripto-aktiv va mayning faoliyatini qonunga hilof ravishda amalga oshirib kelgan.
Buning ortidan 2,5 mlrd so‘mlik 703 ming kVt elektr energiyasi o‘g‘irlangan.
Holat yuzasidan B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi xabarda.
O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 58,2 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlash orqali mayning faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha 26 ta holat qayd etilgan. Buning uchun 29 kishi o‘g‘rilikda ayblanib, protsessual tartibda ushlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q